Bugun Toshkentda nufuzli musobaqa start oladi

Sport

image

Bugun, 19 iyul kuni Toshkent shahrida karate bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati start oladi. Ushbu qit’a birinchiligi o‘zida Osiyoning 50 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilarni jam qildi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Musobaqa yakkalik hamda jamoviy kata va kumite bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. E’tiboringizga qur’a natijasiga ko‘ra barcha dasturda O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining dastlabki raqiblarini havola qilamiz:

-55 kg: Javohirbek Abdusattorov – Bijay Shresta (Nepal)
-60 kg: Sadriddin Saymatov – Selim Miratdurdiyev (Turkmaniston)
-67 kg: Iqboljon Uzoqov – Dastan Stalbek Ulu (Qirg‘iziston)
-75 kg: Dostonbek Otabolayev – Yusuf Al Yamani (Qatar) / Esenbay Yazmedov (Turkmaniston)
-84 kg: Abdulaziz Atabayev – Javohir Haydarov (Tojikiston) / Mahmud Sajan (Iordaniya)
+84 kg: Ruslan Qaljanov – Teravat Kangtong (Tailand)

Jamoaviy: O‘zbekiston – Janubiy Koreya

-50 kg: Bahriniso Babayeva – Moldir Jangirbayev (Qozog‘iston)
-55 kg: Sevinch Rahimova – Xollud Xuseyn (Iordaniya)
-61 kg: Barno Mirzayeva – Madina Utelbayeva (Qozog‘iston)
-68 kg: Nodira Jumaniyozova – Guzaliya Gafurova (Qozog‘iston)
+68 kg: Mohlaroy Hojimonova – Muazzama Bahromzoda (Tojikiston)

Jamoaviy: O‘zbekiston – Eron


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahri Osiyo chempionati karate

Baholaganlar

9

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing