Bugun Toshkentda markaziy o‘yin

Sport

image

O‘zbekiston Superligasining 3 turida Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida soat 18:00da boshlanadi. 

Ma’lumot uchun, jamoalar O‘zbekiston chempionatida o‘zaro 44 marta duch kelishgan. Umumiy bahslarning 25tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Nasaf” 9 marta g‘olib chiqqan, yana 10ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

Joriy mavsum turnir jadvalida “Paxtakor” 6 ochko bilan ikkinchi pog‘onada turibdi. Birinchi o‘rinni “sherlar”dan bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan holda “Lokomotiv” egallagan. Qayd etish kerakki, har ikkala jamoada ham 6tadan ochko mavjud. Qarshiliklar esa, 1 g‘alaba va 1 durrang bilan 4 ochko to‘plab, jadvalning 5 pog‘onasini band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Nasaf

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing