Bugun Toshkent shahrining markaziy tumanlari issiq suv ta’minotidan uzib qo‘yiladi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyul kuni Toshkent shahri Yunusobod, Shayxontohur, Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 13 iyul kuni elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 4-Issiqlik markazi qozonxonasi (“Toshkent issiqlik markazi” MCHJ) ishining to‘xtatilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Yunusobod tumani: 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, C-4, C-5, C-6 mavzelari, Bodamzor, Chingiz Aytmatov, TKXAY, Mingo‘rik, Bashkirskaya ko‘chalari;
  • Shayxontoxur tumani: Beltepa, Jarariq, Ibn Sino - 1, 2 massivlari, Xuvaydo massivi, S-12, S-15;
  • Olmazor tumani: Talabalar shaxarchasi massivi, Sebzor, Taxtapul, Shimoliy Olmazor, Tansiqboeva 1, 2, 3, 4, Qamarniso, Sag‘bon, Chimboy, Olimpiya, Kalanova, Medgorodok, G-30, ToshGUPI, Qoraqamish 1/2, 1/3, 1/4, 2/3, 2/4, 2/5, massivlari, Xo‘jayev ko‘chasi;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: S-1, S-2, Xamid Olimjon maydoni;
  • Yashnobod tumani: Taraqqiyot, Sodiq Azimov ko‘chalari.

Issiq suv ta’minotini qayta tiklash 13 iyul kuni soat 14:00 da elektr ta’minoti tiklanganidan va qozonxona to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

issiq suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing