Bugun Toshkent shahrining ayrim tumanlarida elektr energiyasi o‘chirib qo‘yiladi

Jamiyat

image

Bugun, 27 iyul kuni poytaxt Toshkent shahridagi bir nechta mahallada “svet” o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, bugun iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yakkasaroy tumani: “Konstitutsiya” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 13:00 gacha;
  • Sergeli tumani: “Eski jaloir” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi aholidan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent elektr energiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made