Bugun Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga boradi

Jamiyat

−

image

Bugun, 12 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga boradi. Bu haqda mamlakat yetakchisining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun Prezident Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Shuningdek, tadbir doirasida davlat rahbari Yangi Toshkent hududidagi bir qator obektlarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yangi Toshkentga avvalgi tashrifi 2025 yilning 30 dekabr kuni bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing