COVID-19 – Vaqti tig‘izlar uchun eng so‘nggi yangiliklarning qisqa talqini

Olam

image

So‘nggi 24 soat ichida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qanday yangiliklar bor? Qanday voqea-hodisalar yuz berdi? Bularning bari QALAMPIR.UZ’ning 21 aprel kungi dayjestida.

Dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus infeksiyasi qurbonlari soni 170 mingdan oshdi. Bunday ma’lumotlar Toshkent vaqti bilan 05.55 ga ko‘ra taqdim etildi. Koronavirusdan 170 042 kishi vafot etdi. 645 mingdan ortiq bemor tuzaldi. Ayni paytgacha, jami bo‘lib, SOVID-19 infeksiyasining taxminan 2,5 million holati qayd etilgan.

O‘zbekistonda 2020 yil 20 aprel soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1 627 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha kasallanganlarning 261 nafari davolangan, 5 nafari vafot etgan. 

Turkiyada koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni kun davomida 4,6 mingdan oshib, 90 mingga yetdi. Vafot etganlarning umumiy soni 2,1 mingdan ko‘paygan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja ma’lum qildi. “Bugungi kunda 4 674 ta yangi holat aniqlandi, ulardan 90 980 kasallangan. Bugun biz 123 bemorni yo‘qotdik, ularning 2140 vafot etgan. Faqat 13,430 bemor davolangan”, deb yozdi Koja Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Qo‘shma Shtatlarda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 780 ming kishidan oshdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus infeksiyasining 783 290 holati aniqlangan. Shu bilan birga, koronavirusdan vafot etganlar soni 41 816 ga yetdi, shuningdek, 72 ming bemor davolanib chiqdi.

Xitoyda so‘nggi bir kun ichida koronavirus infeksiyasining 11 holati qayd etildi, 39 bemor tuzaldi, o‘lim holatlari haqida xabar yo‘q, deyiladi XXR Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasining bayonotida. Hozirgi kunda Xitoyda 1 587 ta koronavirus holati aniqlangan. 811 kishi hali ham kasal, 44 kishining ahvoli og‘ir, 776 kishi tuzalib ketgan.

Afrikada koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari soni 22,5 mingdan oshdi, 1,1 mingdan ortiq odam vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 aprel kuni kechqurun Afrika Ittifoqiga tegishli 55 mamlakatdan 52 tasida kasallikning 22 513 holati aniqlangan, 1 126 kishi vafot etgan. Shuningdek, 5 534 bemorning davolanishini ma’lum qilishdi.

Janubiy Amerika davlatlarida ham vaziyat o‘zgargan. Braziliyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 40 mingdan oshdi. 2 462 bemor vafot etdi. Kolumbiya rasmiylari mamlakatda majburiy izolyatsiyani 11 mayga qadar uzaytirdi. Meksika Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutka ichida 511 ta yangi koronavirus bilan yuqtirish holati aniqlangan. COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 26 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

dayjest

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing