Bugun poytaxtda kuchli shamol bo‘ladi
Jamiyat
−
10:14 1630 1 daqiqa
Bugun, 6 iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol va chang-toʻzon kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Qolaversa, poytaxtda shamol tezligi 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning bir qator tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi