Bugun parlamentda Bosh vazir nomzodi ko‘rib chiqiladi
Jamiyat
−
20 noyabr 2024
7582Bugun, 20 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Kecha, 19 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra amaldagi hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan amaldagi Vazirlar Mahkamasi hukumat faoliyatida uzluksizlikni, ya’ni to‘xtab qolmaslikni ta’minlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi tashkil etilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
LiveBarchasi