Bugun “Nasaf” “Al Ittihad” bilan o‘ynaydi
Sport
−
16:24 790 1 daqiqa
Bugun, 23 dekabr kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi 6-tur doirasida Saudiya Arabistonining “Al Ittihad” jamoasi maydoniga safar qiladi. Ushbu uchrashuv “Podshoh Abdulla” stadionida Toshkent vaqti bilan 23:15 da boshlanadi.
“Al Ittihod” jamoasini juda yaxshi bilamiz. Ular tarkibida yulduz futbolchilar jamlangan, kuchli jamoa. Bu uchrashuv biz uchun oson bo‘lmasligini yaxshi tushunamiz. Bizda futbol mavsumi allaqachon yakunlangan. Ushbu o‘yinga 10 kun davomida tayyorgarlik ko‘rdik. Futbolchilarimizning kayfiyati yaxshi va bellashuvga tayyormiz.
Bu musobaqasida faqat eng kuchli jamoalar ishtirok etadi. Biroq bitta o‘yinda har qanday jamoa yaxshi tayyorgarlik evaziga ijobiy natijaga erishishi mumkin. Biz ertaga tartibli harakat qilib, yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Bu oson bo‘lmaydi, ammo o‘z futbolimizni namoyish etishga intilamiz.”, deydi jamoa murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin oldi matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, “Nasaf” OFK Elit Chempionlar ligasining ortda qolgan barcha uchrashuvlarida mag‘lubiyatga uchragan holda turnir jadvalida eng oxirgi pog‘onada bormoqda.