Bugun Mirziyoyev Jizzaxga boradi
Jamiyat
−
10 fevral 2023 6935 1 daqiqa
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Tashrif davomida qator iqtisodiy va ijtimoiy ob’ektlar faoliyati bilan tanishish, aholi bilan muloqot qilish, viloyatni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyining boshida vodiy viloyatlari – Andijon, Farg‘ona va Namanganga borib, tadbirkorlar faoliyati bilan tanishgan edi.
Live
Barchasi