Bugun kun va tun davomiyligi teng bo‘ladi

Bu qiziq

image

Bugun, 23 sentyabr kun va tun davomiyligi teng bo‘ladi. Bu haqda Moskva planetariy xabar berdi.

Qayd yetilishicha, Quyosh tenglashishi bu – Quyosh Yer ekvatorini kesib o‘tadigan hodisa bo‘lib, Quyosh ekvatorning shimolida yoki janubida emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri ekvator ustida paydo bo‘ladi.

Astronomlar bu kunni kuzgi tengkunlik deb atashadi. Ertadan boshlab kunlar qisqaradi, tunlar uzoqroq bo‘lib boradi.

Bu hodisa yilda 2 marta sodir bo‘ladi. Xususan, kuzgi tengkunlik kunida Quyosh sharqdan ko‘tarilib, g‘arbdan to‘liq botadi. Ufqdan roppa-rosa 12 soat yuqorida va ufqdan 12 soat pastda bo‘ladi.

Bahorgi tengkunlik 21 martga to‘g‘ri keladi, ya’ni Quyosh osmon sferasining janubiy yarimsharidan shimolga o‘tadi. Kun va tunning uzunligi butun Yer bo‘ylab tenglashadi.

Jasmina Rasulova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

kun tun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing