Bugun qanday kun ekanligini bilasizmi?

Jamiyat

image

Bugun 2019 yilning 11 may sanasi. Bu kun ham tarix sarvaraqlariga alohida ahamiyatli voqealar bilan muhrlangan.

Bugun Laos davlatida “Konstitutsiya kuni” nishonlanmoqda.
1858 yil –Minnesota AQSHning 32-shtati bo‘ldi.
1920 yil – Oksford universiteti Kengashi xotin-qizlar uchun ta’lim olish imkonini berdi.
1928 yil – Nyu-Yorkda dunyodagi ilk muntazam teleko‘rsatuvni ishga tushirdi.
1944 yil – Qrimdan tatarlarni deportatsiya qilish bo‘yicha Davlat mudofaa qo‘mitasi tomonidan farmon chiqdi.
1949 yil – Siam Qirolligi Tailand deb o‘zgartirildi.
1996 yil – Janubiy cho‘qqidan Everestga ko‘tarilish paytida 8 nafar alpinist halok bo‘ldi. 
1997 yil – Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov IBM “Deep Blue” kompyuter bilan o‘yinda mag‘lubiyatni tan oldi.
2000 yil – Hindistonning milliardinchi fuqarosi Asta Arora shahrida dunyoga keldi.

Ushbu sanada tug‘ilganlar:

1720 yil. Mashhur nemis baroni, uddaburon qahramon Karl Fridrix Fon Myunxauzen dunyoga keldi.
1854 yil. Linotip tipografiya dastgohi ixtirochisi Ottmar Mergentaler tug‘ildi.
1904 yil. Ispan syurrealist rassomi Salvador Dali tavallud topgan.
1916 yil. Ispan yozuvchisi, 1989 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan  Kamilo Xose Sela dunyoga keldi.
1946 yil. O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor Tesha Mo‘minov tug‘ilgan. 
1947 yil. Rossiyalik taniqli futbol murabbiyi Yuriy Syomin tavallud topgan.
1956 yil. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatga artist, aktyor G‘aybulla Xojiyev dunyoga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

kun

Baholaganlar

538

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing