Bugun koronavirus aniqlangan bemorlarga oid ma’lumotlar oshkor etildi
Jamiyat
−
25 may 2020
43431Avval xabar berganimizdek, bugun, 25 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 3215 nafarga yetdi.
Bugun kasalliga tasdiqlangan 51 nafar bemorning 36 nafari (70 foizi) xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar bo‘lsa, qolgan 15 nafari esa karantin muassasalari hamda aholi orasidan aniqlangan.
Ayni paytda 3215 nafar kasallikka chalingan bemorlardan 2607 nafari (81 foizi) butunlay sog‘aydi.
Hozirda esa mamlakatning 7 hududidagi davolash muassasalarida 595 nafar bemor davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Mamlakatda 16 martdan karantin joriy etildi. Keskin karantin choralari 22 martdan boshlab birin-ketin kuchga kira boshladi.
LiveBarchasi