Bugun Xavi faoliyatidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi
Sport
−
20 may 2019
5064Xabaringiz bor, Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes joriy mavsum so‘nggida futboldagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.
Joriy mavsumda “Al Saad” tarkibida Qatar chempionligini qo‘lga kiritgan futbolchi bugun futboldagi so‘nggi uchrashuvida maydonga tushadi. E’tiborlisi bu o‘yin Eron poytaxti Tehronda o‘tkaziladi. Unda OCHLning guruh bosqichi so‘nggi turida “Al Saad” mahalliy “Persepolis” klubi mehmoni bo‘ladi.
“Bolaligimdagi birinchi qadamni qo‘yganimni eslayman. Men 39 yoshdaman va hali ham futbolni bolalardek lazzatlanib o‘ynayman. Bu yo‘lda men bilan birga bo‘lgan va hayotimning bir qismi bo‘lgan hammaga raxmat aytib qolaman. Men navbatdagi o‘yinda o‘zgacha tuyg‘ular bilan to‘p tepaman”, deb yozdi ispaniyalik futbolchi o‘zining Instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, “Persepolis” va “Al Sadd” o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.