Bugun Qirg‘izistonda bir kunlik sukut saqlanadi

Olam

image

Ertaga, 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Respublika Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, ertangi saylovlar oldidan mamlakatda bir kunlik sukut saqlanadi. 

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti yakunlangan.

Saylovchilarning yakuniy ro‘yxatiga 3 million 563 ming 574 kishi kiritilgan. Prezidentlikka 17 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

2020 yil dekabr oyi o‘rtalaridan boshlab, nomzodlarga pulli efir vaqti, saylovoldi tashviqoti va saylovchilar bilan uchrashish huquqi berilgan. 

Sukut kuni esa har qanday shaklda tashviqot o‘tkazish taqiqlanadi. 

Shuningdek, 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda mamlakatda boshqaruv shakli bo‘yicha referendum ham bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari o‘tkazilgandi. Ammo aholi uning natijasidan norozi bo‘lib, namoyish uyushtirdi. Oqibatda mamlakatda tartibsizlik va talonchilik avj oldi.

Namoyishlar oqibatida mamlakat Bosh vaziri Kubatbek Boronov va Prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqdi.

Taloto‘plar vaqtida qamoqdan chiqarilgan Sadir Japarov tez orada Bosh vazir etib tayinlandi va keyinroq Prezident vakolatlarini bajarish ham vaqtincha unga o‘tdi. Biroq u prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun barcha lavozimlarni tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

555

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing