Bugun YeCHLda kimlar o‘ynaydi?

Sport

image

Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi nim chorak final javob bahslariga start beriladi.

Bu haftada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 4 ta uchrashuvning ikkitasi bugun o‘tkaziladi. Kunning asosiy o‘yinida Germaniyaning eng shovqinli stadioni hisoblanadigan “Signal Iduna Park”da “Borussiya Dortmund” Londonning “Tottenxem” klubini qabul qiladi. Dastlabki uchrashuvda 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan nemislar bugun o‘z muxlislari qarshisida vaziyatni o‘nglashga urinib ko‘rishadi.

Safarda 1:2 hisobida “Ayaks”ni yengib kelgan Madridning “Real” klubi o‘z uyida gollandlar bilan qayta hisob-kitob qilishadi. Bu o‘yinda “qirollik klubi” sardori Serxio Ramos jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. Sababi u Amesterdamda bo‘lib o‘tgan o‘yinda hakam tomonidan chetlashtirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinlar Toshkent vaqti bilan 6 mart kuni soat 01:00 da boshlanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Tottenxem EChL Borussiya Dortmund Ayaks

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing