Bugun Dohada Suriya bo‘yicha Ostona formatida uchrashuv bo‘lib o‘tadi
Olam
−
06 dekabr 2024
2145Bugun, 6 dekabr kuni Dohada Suriya bo‘yicha Ostona formatida (Eron, Rossiya, Turkiya) Tashqi ishlar vazirlari darajasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Lavrov Ostona formati “foydali uyushma” ekanini ta’kidlab, Suriyadagi vaziyatdan xavotir bildirdi.
"Halab va uning atrofida sodir bo‘lgan barcha voqealardan so‘ng men Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, shuningdek, eronlik mavqedoshim Abbos Aroqchi bilan gaplashdim. Shu hafta uchrashishga harakat qilishga kelishib oldik. Umid qilamanki, biz Dohada xalqaro konferensiya doirasida uchrasha olamiz", dedi Lavrov.
U Rossiya Federatsiyasi, Turkiya va Eronning harbiy va xavfsizlik xodimlari bir-biri bilan aloqada ekanligini ta’kidladi.
"Biz Idlib kelishuvlarini qat’iy bajarishga qaytish zarurligini muhokama qilmoqchimiz, chunki Idlib deeskalatsiya zonasi terrorchilar Halabni egallash uchun ko‘chib o‘tgan joyga aylandi", dedi Rossiya diplomatiyasi rahbari.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri 2019 va 2020 yillarda erishilgan kelishuvlar turkiyaliklarga Idlib deeskalatsiya zonasidagi vaziyatni nazorat qilish va "Hayat Tahrir ash-Shom"ni terrorchi bo‘lmagan va Turkiya bilan hamkorlik qiladigan muxolifatdan ajratish imkonini berganiga e’tibor qaratdi.
“Aftidan, bu hali sodir bo‘lmagan. Yana bir nuqta – Damashqdan Halabgacha bo‘lgan M5 avtomagistralining ochilishi, hozirda u ham terrorchilar tomonidan to‘liq bosib olingan", deydi Lavrov.
LiveBarchasi