Telegram
Birinchi biling!
Sport
−
25 yanvar
4285Bugun, 25 yanvar kuni Niderlandiyada davom etayotgan “Tata Steel Chess-2023” turnirining 10-tur o‘yinlari start oladi. Tur doirasida musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan o‘zbekistonlik grossmesyter Nodirbek Abdusattorov xitoylik Din Lijenga qarshi bahs olib boradi.
Jahon reytingida 2-pog‘onani band etib turgan xitoylik shaxmatchi musobaqada ortda qolgan 9 ta turdan so‘ng, 4 ochko jamg‘argan holda 10-o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston vakili bugungi bahsda Lijenga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.
“Challenger” guruhida g‘oliblik uchun kurashayotgan Javohir Sindorov esa qora donalarda mezbonlar vakili Ervin Laviga qarshi bahs olib boradi.
“Masters”, 10-tur: Nodirbek Abdusattorov (oq) – Lijen Din (qora);
“Challenger”, 10-tur: Ervin Lavi (oq) – Javohir Sindorov (qora).
LiveBarchasi