Bugun Abdusattorov va Sindorov xalqaro turnirning 9-turida dona suradi
Sport
−
24 yanvar 2023
3163Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess-2023” turniri davom etmoqda. Bugun, 24 yanvar kuni musobaqaning 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
“Masters” guruhida g‘olib uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi dona suradi. “Challenger” guruhida esa Javohir Sindorov amerikalik Abimanyu Mishraga qarshi o‘ynaydi.
Ortda qolgan sakkiz turdan so‘ng Nodirbek Abdusattorov 6 ochko bilan o‘z guruhida 1-o‘rinni egallab turibdi. Sindorov esa 8 ta imkoniyatdan 5 ochko jamg‘arib 4-o‘rinni band etgan.
Ma’lumot uchun, “Tata Steel Chess” musobaqasining amaldagi g‘olibi norvegiyalik Magnus Karlsen hisoblanadi. Joriy turnirning 5-turida u Abdusattorovga imkoniyatni boy berib, g‘oliblik uchun imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi.
LiveBarchasi