Bugun Abdusattorov va Sindorov xalqaro turnirdagi ishtirokini boshlaydi

Sport

image

Bugun, 14 yanvar kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha 85-nufuzli “Tata Steel 2023” turniri start oladi. Musobaqada o‘zbekistonlik shaxmat ustalari ham ishtirok etadi.

Nodirbek Abdusattorov yetakchi grossmeysterlar qatorida “Masters” guruhida, Javohir Sindorov esa “Shallenger” guruhida bahslarga kirishadi. Abdusattorov turnirda Magnus Karlsen, Anish Giri, Fabiano Karuana, Uesli So kabi jahon shaxmati yetakchilariga qarshi dona suradi. 

Dastlabki turda Nodirbek ruminiyalik Rixard Rapportga qarshi, Javohir Sindorov esa germaniyalik Aleksandr Donchenkoga qarshi bahs olib boradi.

Ta’kidlash joiz, xalqaro turnir 29 yanvarga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing