Bugun Abdusattorov xalqaro turnir grand finalida dona suradi
Sport
−
26 may 2023 4293 1 daqiqa
Bugun, 26 may kuni o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov “ChessKid” onlayn turnirida so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. O‘zbekiston vakili musobaqaning 1-divizionida barcha raqiblardan ustun kelgan holda grand final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Hal qiluvchi o‘yinda Abdusattorovga amerikalik Fabiano Karuana raqiblik qiladi.
Shaxmatchilar ushbu musobaqa yarim finalida ham o‘zaro bellashgan va o‘yin Nodirbekning g‘alabasi bilan yakunlangandi. Karuana o‘tish o‘yinlari orqali grand finalga yetib keldi.
Grand finalga Toshkent vaqti bilan bugun soat 20:00 da start beriladi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr