Bugun 8 nafar o‘zbek bokschisi ringga ko‘tariladi

Sport

−

image

Xabaringiz bor, Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Bugun ikkinchi kun doirasidan o‘rin olgan bellashuvlarga start beriladi.

Saralash bosqichidin o‘rin olgan mazkur kunda 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarilishadi. Ular orasida Isroil Madrimov, Miraziz Mirzahalilov, Shunqor Abdurasulov kabi taniqli charm qo‘lqop ustalarini ham ko‘rishimiz mumkin. 

Bugun quyidagi o‘zbek bokschilari jang o‘tkazadi:

-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Daichi Xasebe (Yaponiya)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Man Cho Chol (KXDR)
-54 kg: Tursunoy Rahimova – Kian Shi (Xitoy)
-69 kg: Shahnoza Yunusova – Nilufar Boboyorova (Tojikiston)
-56 kg: Miraziz Mirzahalilov – Almanbet Alibekov (Qirg‘iziston)
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Amir Masud (Pokiston)
-75 kg: Isroil Madrimov – Trung Vu (Vetnam)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva – Nxi Nguyen (Vetnam)

Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvlar doirasida Bobo-Usmon Baturov, Shunqor Abdurasulov va Yodgoroy Mirzayeva g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini ijobiy hal qilishgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing