Bugun 6 nafar o‘zbek bokschisi jang qiladi
Sport
−
09 mart 2020
11512Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha litsenzion musobaqa davom etmoqda.
Bugun 9 mart kuni, musobaqa doirasida 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi Olimpiada litsenziyasi uchun jang qiladi. Kecha 8 mart kuni chorak finalda imkoniyatni boy berib qo‘ygan Fanat Qahramonov esa o‘tish jangida ishtirok etadi.
Bugun ringga ko‘tariladigan o‘zbekistonlik bokschilar:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Omid Ahmadisafa (Eron) (15:40 dan so‘ng)
-63 kg: Elnur Abduraimov - Xarrison Garseyd (16:40 dan so‘ng)
-51 kg: Tursunoy Rahimova - Siao-Ven Xuang (Xitoy Taypeyi) (20:00)
-60 kg: Rayhona Qodirova - Sudaporn Sisondi (Tailand) (21:10 dan so‘ng)
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Sing Yu So (Gonkong) (22:00 dan so‘ng)
-75 kg: Fanat Qahramonov - Seyedshahin Musavi (Eron) (23:00 dan so‘ng)
Eslatib o‘tamiz, og‘ir vazn toifasida (-91) o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi