12 nafar o‘zbekistonlik sportchi jahon chempionligi uchun jang qiladi
Sport
−
09 noyabr
4531Bugun, 9 noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilayotgan IMMAF Jahon chempionatining final janglari boshlanadi. Ikki kun davomida 12 nafar o‘zbekistonlik jangchi g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Jumladan, O‘zbekiston vakillaridan erkaklar 5 ta vaznda, ayollar 3 ta vaznda g‘oliblik uchun oktagonga ko‘tariladi.
Shuningdek, bugun musobaqaning rasmiy ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahridagi “Humo arena” mezbonlik qilayotgan musobaqalarning ochilish marosimi soat 16:00 ga belgilangan. Turnir 10 noyabr kuni yakunlanadi.
Bugun finalda jang qiladigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati:
Erkaklar
1. Firdavs Otamurodov (52.2 kg);
2. Qarshi Usmonov (52.2 kg);
3. Jamshid Tillayev (61.2 kg);
4. Zafarjon Asatov (65.8 kg);
5. Zafar Rashidov (65.8 kg);
6. Sarvarbek Hasanov (83.9 kg);
7. Mirjalol O‘rolov (97 kg);
8. Asrorbek Anvarjonov (97 kg).
Ayollar:
1. Muzayana Sadriddinova (65.8 kg);
2. Mahliyo Abdumannopova (74.8 kg);
3. Xurshidaxon Roziqova (79.4 kg).
LiveBarchasi