Bugun ham ba’zi joylarda changli g‘ubor kuzatiladi

Jamiyat

image

Bugun, 5 noyabr kuni ham O‘zbekistonning ba’zi hududlarida changli g‘ubor kuzatiladi. Kunduz kuni quruq va salqin ob-havo kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Changli g‘ubor kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi.

Shamol avj olgan mahalda AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing