Buddistlar ma’badida chiqqan yong‘inda 5 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
16:54 538 1 daqiqa
Bugun, 20 fevral kuni Yaponiyaning g‘arbiy qismidagi Yamaguchi prefekturasidagi buddistlar ibodatxonasida sodir bo‘lgan yong‘inda besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kyodo” axborot agentligi xabar berdi.
Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, marhumlar Simonoseki shahridagi ikki qavatli yog‘och ibodatxonada yashagan. Yong‘in o‘t o‘chirish bo‘limiga xabar berilganidan uch soat o‘tgach o‘chirilgan.
“Yong‘in soat 5:40 atrofida, guvoh mahalliy o‘t o‘chirish bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilganidan uch soat o‘tgach, o‘chirildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada qishki bo‘ron qurbonlari soni 30 kishiga yetgani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi