“Bucha qirg‘ini” Rossiyaning Yevropadagi vahshiyligi sifatida tarixda qoladi – YeI

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Bucha va Ukrainaning boshqa shaharlarida tinch aholiga qarshi harakatlarini qoraladi. Bu haqda Ittifoq bayonotida so‘z boradi. 

Tashkilotning tashqi ishlar idorasi bayonotida aytilishicha, bu genotsid Yevropada sodir etilgan vahshiyliklar ro‘yxatidan o‘rin oladi. 

“Ko‘p sonli tinch aholi qurbonlari va fuqarolik infratuzilmasi vayron qilingani haqidagi dahshatli kadrlar Rossiya tomonidan Ukraina va uning xalqiga qarshi boshlagan shafqatsiz urushning asl qiyofasini ko‘rsatadi. Bucha va Ukrainaning boshqa shaharlaridagi qirg‘in, shubhasiz, Yevropa zaminida tarix davomida sodir etilgan vahshiyliklar ro‘yxatiga kiritiladi”, deyiladi bayonotda. 

Bryusselning ta’kidlashicha, Ukrainadagi vahshiyliklar uchun aynan Rossiya javobgar, YeI esa qonli jinoyatlar uchun barcha aybdorlarni javobgarlikka tortish choralarini qo‘llab-quvvatlaydi. 

“Yevropa Ittifoqi zudlik bilan Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar ustida ishlashni davom ettiradi”, deyiladi bayonotda. 

Aprel oyi boshida butun Kiyev viloyati rus qo‘shinlaridan ozod qilindi. Nazoratga olingan shahar va qishloqlarda ruslar tomonidan tinch aholining ommaviy o‘ldirilishi qayd etilgan. Xususan, ozod qilingan Buchada ommaviy qabr topilgan, u yerda 300 ga yaqin odam dafn etilgan, o‘nlab jasadlar ko‘cha bo‘ylab sochilib ketgan, ba’zilarining qo‘llari bog‘langan. 

Ukrainaning YeXHTdagi delegatsiyasi Kiyev viloyatida Rossiya qo‘shinlari tomonidan tinch aholiga nisbatan sodir etilgan qirg‘in va qiynoqlar munosabati bilan YeXHT Doimiy kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi tashabbusi bilan chiqdi.

“Bucha qirg‘ini”

Joriy yilning 1 aprel kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk Ukraina harbiylari rossiyalik bosqinchilarni chiqarib yuborganini tasdiqladi. Chekingan ruslar fuqarolik inshootlarini, infratuzilma ob’ektlarini va aholi punkti ichidagi ba’zi hududlarni minalagan.

Ozod qilingan shaharda ukrainalik harbiylar hududni diversantlar va rossiyalik sheriklardan tozalashga kirishgan.

2 aprel oqshomida Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar butun Kiyev viloyati rus bosqinchilaridan ozod qilinganini ochiqladi.

Shundan so‘ng bosqinchilarning vahshiyliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Ruslar odamlarni o‘ldirgan va zo‘rlagan, haqorat qilgan va qiynoqqa solgani aytildi. Dmitriy Komarov Buchadan dahshatli kadrlarni ko‘rsatdi va aholi nonni ko‘rganda shunchaki yig‘layotganini aytdi. Keyinchalik tarmoqda paydo bo‘lgan Buchadan olingan hayratlanarli fotosuratlarda bog‘langan odamlar o‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukrainaliklar ommaviy qabrlarga dafn qilingan. Ba’zi jasadlar ko‘chalarning o‘rtasida qolgan.

Bucha voqealari haqiqati oshkor bo‘lgach, dunyo davlatlari uni qoraladi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Bucha qirg'ini

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing