“Bucha qirg‘ini”: 42 davlat Rossiya ustidan Gaaga sudiga shikoyat qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Ukrainadagi keng ko‘lamli qurolli agressiyasi munosabati bilan 42 davlat Gaagadagi Xalqaro sudga murojaat qilgan. Bunga Putin harbiylarining harbiy jinoyatlari sabab bo‘lgan. Bu haqda Ukrainv Adliya vaziri Denis Malyuska ma’lum qildi.

"42 davlat Gaagadagi Xalqaro sudga allaqachon murojaat qilgan. Urush jinoyatlarini xalqaro miqyosda tergov qilish boshlandi. Bu davlatlarning murojaati Ukraina uchun tartibni soddalashtirish va tezlashtirish imkonini berdi", deydi vazirlik rahbari.

Malyuskaning aytishicha, hozirda butun mamlakat bo‘ylab ekspertlar Kiyev viloyatining Bucha shahrida rus bosqinchilarining jinoyatlari haqida dalillar to‘plamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslarning harbiy jinoyatlari soni “aqldan ozdiradi”, mos ravishda, qiyinchiliklar ham bor.

Malyuska muammo katta, ammo urush jinoyatlarini tergov qilish ustuvor vazifa ekanini ta’kidlagan. Xalqaro hamjamiyat qo‘llab-quvvatlamoqda, bir necha hafta davomida Fransiyadan mutaxassislar keladi. Yevropa Ittifoqining boshqa a’zolari bilan muzokaralar davom etmoqda.

"Yuqori ehtimol bilan ular ham o‘zlarining professional mutaxassislarini taqdim etadi va bu katta hajmdagi ishlarni yengishga yordam beradi. Hozir har bir rossiyalik harbiyni qilmishlari va tegishli buyruqlari bo‘yicha alohida jinoiy javobgarlikka tortish uchun baza yig‘ilmoqda", deya ta’kidlagan vazir.

Adliya vazirligi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, tergovning tezkor natijasini kutmaslik kerak, chunki Rossiya Federatsiyasi o‘z harbiylarini ekstraditsiya qilmaydi, lekin ular albatta javobgarlikka tortiladi, chunki “bunday jinoyatlar uchun da’vo muddati yo‘q.

“Bucha qirg‘ini”

Joriy yilning 1 aprel kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk Ukraina harbiylari rossiyalik bosqinchilarni chiqarib yuborganini tasdiqladi. Chekingan ruslar fuqarolik inshootlarini, infratuzilma ob’ektlarini va aholi punkti ichidagi ba’zi hududlarni minalagan.

Ozod qilingan shaharda ukrainalik harbiylar hududni diversantlar va rossiyalik sheriklardan tozalashga kirishgan.

2 aprel oqshomida Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar butun Kiyev viloyati rus bosqinchilaridan ozod qilinganini ochiqladi.

Shundan so‘ng bosqinchilarning vahshiyliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Ruslar odamlarni o‘ldirgan va zo‘rlagan, haqorat qilgan va qiynoqqa solgani aytildi. Dmitriy Komarov Buchadan dahshatli kadrlarni ko‘rsatdi va aholi nonni ko‘rganda shunchaki yig‘layotganini aytdi. Keyinchalik tarmoqda paydo bo‘lgan Buchadan olingan hayratlanarli fotosuratlarda bog‘langan odamlar o‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukrainaliklar ommaviy qabrlarga dafn qilingan. Ba’zi jasadlar ko‘chalarning o‘rtasida qolgan.

Bucha voqealari haqiqati oshkor bo‘lgach, dunyo davlatlari uni qoraladi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing