Bu yilgi saylov kampaniyasiga 230 milliard 549 million so‘m ajratildi
Jamiyat
−
15 Oktabr 2019
496422 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 230 milliard 549 million so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Moliya vazirligi bilan Markaziy saylov komissiyasi Respublika byudjetidan ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘larning quyidagi maqsadlar uchun sarflanishi haqida o‘zaro kelishib olgan.
Jumladan:
• Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun hududiy okurug va uchastka saylov komissiyalariga – 96 milliard 807 million so‘m;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun hududiy okurug va uchastka saylov komissiyalariga - 45 milliard 330 million so‘m;
• Saylovlarda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarining umumpartiyaviy tadbirlari va siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqot va targ‘ibot ishlarini amlaga oshirishga - 46 milliard 674 million so‘m;
• Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq markazlashgan tartibda xarid qilinadigan zarur moddiy-texnika jihozlar, tovar va xizmatlar bilan ta’minlash uchun - 41 milliard 737 million so‘mni tashkil etadi.