Milliy xavfsizlik binosida sobiq Prezident ustidan sayyor sud o‘tkazildi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasida Qirg‘iziston Respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga oid jinoyat bo‘yicha sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Atamboyev sud tugamay turib uni tark etdi. Bu haqda mahalliy nasharlar yozmoqda. 

Sobiq Prezidentning advokati Sergey Slesarovning qayd etishicha, Atamboyevni himoya qiluvchilar sudni boshqa joyga ko‘chirish hamda sud majlisini uning ishtirokisiz o‘tkazishni so‘rab iltimosnoma kiritgan. Chunki Atamboyev sudda ishtirok etishni xohlamaydi va savollarga javob berishdan bosh tortmoqda.

“Biz bo‘lgan sharoitlar na sanitar, na insoniy, na yuridik me’yorlarga muvofiq kelardi. 12-15 kvadrat metr bo‘lgan xona va unda bo‘lgan 18 kishini tasavvur qiling. Sudya esa bir burchakda. Ammo sud majlis joyini ko‘chirishni ham, majlisni Atamboyevsiz o‘tkazishni ham rad etdi. Shundan so‘ng Almazbek Sharshenovich o‘rnidan turib ketdi”, deydi advokat.

Bunga qadar Almazbek Atamboyev qonundagi o‘g‘ri (vor v zakone) Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishdan bosh tortgan edi. O‘shanda sud prokurorning iltimosnomasiga binoan sayyor sud majlisini o‘tkazishga qaror qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

592

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing