Bu yil yoz faslining o‘rtasi qanday bo‘ladi? 

Olam

image

O‘zgidromet bu yil yoz faslining o‘rtasi qanday bo‘lishi haqida xabar berdi.  

Prognozga ko‘ra, iyul oyi qulay sharoitlardan boshlanadi, 1-3 iyul kunlari havo harorati 31-36 daraja atrofida, janubda 38-40 darajagacha bo‘ladi.

So‘ngra iyul oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yorga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Oyning katta qismida havo harorati 35-40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 41-43 darajagacha bo‘ladi. Faqat ayrim kunlarda harorat bu qiymatlardan 2-3 darajaga yuqori bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston hududining katta qismida o‘rtacha 40 daraja va undan yuqori haroratli iyul oyida juda issiq kunlar soni 2 kundan 5 kungachani, shimolda 6-8 kunni, janubda va cho‘l hududlarda 12-15 kunni tashkil etadi. So‘nggi yillarda bunday issiq kunlar sonining ko‘payishi tendensiyasi kuzatilmoqda.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda iyul oyining ayrim kunlarida mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo iyul'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing