Bu yil OTMlarga DXM orqali hujjat topshirilmaydi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 7 iyundagi 468-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qarorga muvofiq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘n kun muddatda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YAIDXP deb ataladi) orqali joriy etilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi o‘n kun muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish imkoniyatini yaratadi.

Qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar quyidagilardan iborat:

1. 1-bandda:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

2. 3-banddagi “davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-sayti” so‘zlari bilan almashtirilsin.

3. 5-bandda:

“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda mehnat qonunchiligiga rioya etgan holda, pullik asosda jalb etiladigan mas’ul xodimlar, oliy ta’lim muassasalarining mas’ul xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda ko‘llash samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlarini doimiy ravishda o‘tkazishni ta’minlasin”;

“v” kichik bandi chiqarib tashlansin.

4. 6 va 9-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

5. 11-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-sayti yoki YAIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat etganda — invoys orqali elektron qabul qilinadi.”.

6. 14-banddan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi,” so‘zlari chiqarib tashlansin.

7. 1-ilovada:

a) 1-banddagi “Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi)” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Markazlar” so‘zi “Davlat test markazining rasmiy veb-sayti” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 3-banddan “Markazlar,” so‘zi chiqarib tashlansin;

g) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

d) 7-bandda:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Abituriyent Reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan muddat davomida davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YAIDXPda yoki Davlat test markazining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tadi.”

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

ye) 8-bandda:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. Abituriyent YAIDXP yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali murojaat etganda mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma bo‘yicha ma’lumotlarni Davlat test markazining tizimiga maxsus dastur orqali elektron ravishda kiritadi”;

ikkinchi – oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

yettinchi – to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi – to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;

yo) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. So‘rovnomaga zarur ma’lumotlar rasmiylashtirib, kiritilgandan so‘ng abituriyent tomonidan tasdiqlangan holda, Davlat test markazining tizimiga avtomatik tarzda kiritiladi.

Davlat test markazi ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni avtomatik tarzda qabul qiladi.”;

j) 11-bandning uchinchi – o‘n uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;

z) 12-banddan “abituriyentlarning Markazga shaxsan murojaat etmaganligi, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin;

i) 16-banddan “Markazlar,” so‘zi chiqarib tashlansin;


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon DTM

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing