Bu yil qancha bola 1-sinfga chiqadi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2024-2025 o‘quv yilida 700 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ayni vaqtda respublikada 10 182 ta umumta’lim maktablari mavjud. Ularda 6,4 millondan ortiq o‘quvchilar ta’lim oladi.

2024-2025 o‘quv yilida 700 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 511 484 ta (64 831 tasi onlayn va 446 653 tasi oflayn) ariza qabul qilingan.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi, 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari mavjud. Mazkur ta’lim muassasalarida 70 mingdan ortiq o‘quvchi tahsil oladi.

Ma’lumot uchun, 2023-2024 o‘quv yilida 732 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga o‘qishga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sinf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made