Bu yil imtihonga kechikkanlar kiritilmaydimi?
Jamiyat
−
15 iyun 2019
6577Har yil yozda oliy ta’lim muassasiga hujjat topshirish, imtihon, kvota va shunga o‘xshash masalalar kun tartibiga chiqadi. O‘tgan yili ilk bor OTMga kirish imtihonlari yangicha tartibda o‘tkazildi. O‘tgan yili test jarayoni bo‘lib o‘tayotgan ba’zi binolarga belgilangan vaqtdan kechikib kelgan abituriyentlar kiritilgani holda, ayrim vaziyatlarda 1 daqiqa kechikkanlar sinovlardan chetlatilgan manzaralar ham kuzatilgan. Shuningdek, ayrim binolarda kuzatuv kameralari ishlamay qolgani haqida ham ota-onalardan shikoyat tushgan.
Bu yil qanday bo‘ladi? Kech qolgan abituriyentlar test sinovlariga kiritiladimi yo kiritilmaydimi?
Bu yil test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan binoga o‘z vaqtida kirish talab etiladi. Faqat bu hududga, agar test jarayoni boshlanmagan bo‘lsa, bir-necha daqiqa kechikib kelganlar kiritilishi mumkin. Bu haqda 2019/2020 o‘quv yiliga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimlari ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili test sinovlarida qatnashganlar soni 604 677 nafarni tashkil etgan. Test sinovlarida 17 353 nafar abituriyent qatnashmagan, jumladan 14 957 nafari kelmagan, 1 340 nafari hududga kirishda hamda 1 056 nafari test jarayoni paytida qoidabuzarlik sodir etganligi uchun testdan chetlashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlar bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi. Bu ikki filialga boshqa viloyatlardan ham abituriyentlar hujjat topshirishi mumkin.
LiveBarchasi