Bu vahshiylik! – Davletov Xorazmdagi voqealar haqida

Jamiyat

image

“Bu nima degan gap? Odamlarni uyini buzib, ko‘chaga chiqarib qo‘yib kompensatsiya to‘lanmaslik, axir bu vahshiylik-ku. Bu hech qanday qonunchilikka to‘g‘ri kelmaydi, bu hech bir odamiylik tamoyiliga ham to‘g‘ri kelmaydi, bu O‘zbekiston tan olgan xalqaro hujjatlarga ham to‘g‘ri kelmaydi!”, deydi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Xorazmdagi voqealar haqida. 

Avvalroq, Urganch shahri “Ashxobod” mahallasida yashagan va davlat manfaati uchun uyi buzilgan fuqarolar kompensatsiya to‘lanmagani, ular ko‘chada, chodir tutib yashayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu voqea odamlarning noroziligiga, namoyish o‘tkazishiga sabab bo‘ldi. 

Ayni damda Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisida bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda Xorazmdagi voqealar muhokama qilingan. 

“Mulk dahlsizligini ta’minlamasdan iqtisodiy rivojlangan davlatning o‘zi yo‘q butun dunyoda. Bu esa bizning qonunlarimizda bitilgan eng oliy normalardan biridir va barcha munosabatlar to‘laligicha tartibga solingan. Lekin amalda, ushbu tartib va qoidalar mutasaddilarning esidan chiqib ketdi. Natijada, uy-joy masalasida qonun ustuvorligiga jiddiy putur yetdi”, deydi vazir Davletov. 

Vazir so‘zida davom etarkan, qonun ustuvor bo‘lishi kerak bo‘lgan bugungi davrda, qonunlar unutilayotganini ochiq aytdi. Davletovga ko‘ra, uy – nafaqat moddiy boylik, balki insonlarning xotiralari hamdir. U shunday deydi:

“Hamma shaharlar yangidan quriladi, eskisi buziladi, obodonlashadi, bu tabiiy jarayon, barcha jamiyatlarga xos bo‘lgan holat. Lekin, XXI asrda yashayotgan sivilizatsion jamiyat sifatida barcha harakatlar uchun QONUN eng asosiy mezon bo‘lishi kerak, odamlar huquqlarini poymol qilish evaziga, qonunni buzish evaziga hech qanday qurilish yoki obodonlashtirish bo‘lishi mumkin emas.

Shuning uchun, biz – adliya xodimlarining birinchi darajadagi vazifasi bu boradagi qonunbuzilishlarning oldini olishdir.

Uy-buzilishi qanday og‘ir masala ekanligini, har bir xodim o‘zini yuragidan o‘tkazishi kerak, ya’ni oddiygina o‘zlaringni shu insonlarni, ularning farzandlarini o‘rniga qo‘yib ko‘ringlar, boshqa hech narsa kerak emas.

Keyin yana bitta jihatni e’tiborga olinglar, gap faqat moddiy boylik bo‘lmish imoratda emas, uy-joy bilan insonlarning shu uy bilan bog‘liq xotiralari ham o‘chiriladi. Tug‘ilib o‘sgan joy, yoshlikda o‘ynab kulib yurgan hovli, bolalikdagi xotiralar, kerak bo‘lsa har bir xonadonning hidi inson uchun qadrli, ko‘p uylar avloddan avlodga o‘tib kelyapti, bu yuksak shaxsiy nomoddiy boylik va inson hayotidagi ajralmas xotiralardir”

Amaliyotdagi muammolardan, bildirilgan fikr mulohazalardan kelib chiqib Adliya vaziri adliya organlari xodimlari oldida turgan muhim vazifalar alohida to‘xtalib, quyidagilarni bildirdi:

– barcha mahalliy hokimliklarni fuqarolarni uy-joy bilan bog‘liq qonuniy huquqlarini poymol etishlarga chek qo‘yishlarini talab qilamiz;

– butun adliya tizimi rahbarlari, mutasaddilari va xodimlarini o‘z vakolatlaridan to‘liq foydalangan holda, uy-joylar buzilishi jarayonida O‘zbekiston qonunlariga amal qilish yuzasidan choralar ko‘rishlariga chaqiraman.


Maqola muallifi

Teglar

Ruslanbek Davletov

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing