Bu – o‘zbek futboli. Hakam darvozaning tashqi tomonidan urilgan golni hisobga oldi
Sport
−
09 aprel 2021
29212Bugun, 9 aprel kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Qo‘qon-1912” (0:2) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. E’tiborli jihati o‘yin hakamlari “Mash’al” darvozasiga tashqi tomondan urilgan golni hisobga oldi.
O‘yinning 51-daqiqasida Mo‘minjon Meliyev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Zarbadan keyin to‘p darvozaning tashqi tomonidan, to‘r orasidan o‘tib ketgan edi. Shunga qaramasdan hakamlar maydon markazini ko‘rsatdi.
O‘yinni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Vaziyatni ilg‘amay qolgan yon hakam Ruslan Serazitdinov mart oyi yakunlariga ko‘ra, eng namunali laynsmen deb topilgan edi.
O‘zbek futboli so‘nggi paytlarda o‘zining mojarolari va tartibsizliklarga sabab bo‘lishi bilan yodda qolmoqda.
Avvalroq Pro-liganing hal qiluvchi o‘yinida Farg‘ona viloyatining ikki jamoasi - Yaypanning “Turon” va Farg‘onaning “Neftchi” jamoalari o‘rtasida o‘tgan o‘yin oxirida muxlislar maydonga chiqib ketib, ommaviy tartibsizlik ro‘y bergandi. Unda qatnashgan “Neftchi” futbolchilari Jamshid To‘raqulov va Dostonbek Toshmatovlar 2 yarim oydan ortiroq muddat qamlqda o‘tirib chiqishga ham ulgurdi.
Keyinchalik “So‘g‘diyona” – “Turon” o‘yinini boshqargan hakam futboldan chetlatildi. U ham o‘z xatolari bilan jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘lgandi.
Shuningdek, futboldagi adolatsizlikdan “portlagan” “Turon” bosh murabbiyi va prezidentiga ham chora ko‘rildi.
LiveBarchasi