“Bu Putinga zarba”. AQSH Rossiyadan neft va gaz importini taqiqladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyadan barcha turdagi energiya importiga taqiq qo‘ydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 8 mart kuni Oq uyda Ukraina atrofidagi vaziyatga bag‘ishlangan nutqida aytib o‘tdi. 

“Bugun men Qo‘shma Shtatlar Rossiya iqtisodiyotining asosiy arteriyasini nishonga olganini e’lon qilaman. Biz Rossiya nefti, gazi va energetikasining barcha importlarini taqiqlayapmiz. Bu shuni anglatadiki, Rossiya nefti endi AQSH portlariga kira olmaydi va Amerika xalqi [Rossiya Prezidenti Vladimir] Putinning urush mashinasiga yana bir kuchli zarba beradi. Bu Kongressda va, menimcha, mamlakatda ikki partiyaning kuchli qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘lgan harakat. Amerikaliklar Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘ilishdi va biz Putin urushini subsidiyalashda ishtirok etmasligimizni ochiq aytishdi. Biz butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa, Yevropadagi ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan yaqindan maslahatlashganimizdan so‘ng shunday qarorga keldik”, deydi Bayden.

Uning qayd etishicha, AQSH o‘zining yevropalik ittifoqchilari Rossiyadan energiya importini taqiqlashga qo‘shila olmasligini tushunadi.

Baydenga ko‘ra, Rossiya neft va gazini import qilishni taqiqlash qarori birinchi navbatda AQSHning o‘ziga katta ta’sir ko‘rsatadi, ammo Vashington bu qadamni qo‘yishi kerak. 

“Bu Putin uchun qo‘shimcha muammolar yaratish maqsadida tashlanayotgan qadam, ammo bizda ham yo‘qotishlar bo‘ladi. Respublikachilar ham, demokratlar ham buni tushunishadi. Respublikachilar ham, demokratlar ham buni qilishimiz kerakligini ochiq aytishdi”, deya qo‘shimcha qildi Bayden.  

Amerika yetakchisi rasmiylarning urinishlariga qaramay, AQSHda benzin narxi oshishi davom etishini tan oldi. 

AQSH hukumati xususiy sektorni Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar oqibatlari tufayli narxlarni oshirmaslikka chaqiradi, ular chayqovchilarga qarshi kurashadi.  

Neft va gaz kompaniyalari va moliyaviy firmalar Putinning Ukraina xalqiga qarshi urushi narxlarning oshishiga sabab bo‘layotganini tushunamiz. Ammo bu narxlarni ko‘tarish, foydani ko‘paytirish yoki vaziyatdan yoki amerikalik iste’molchilardan foydalanishga urinish uchun bahona emas. Rossiyaning tajovuzkorligi barchamizga qimmatga tushmoqda, hozir foyda olish yoki narxlarni oshirish vaqti emas. Shuni aytmoqchimanki, biz bunga toqat qilmaymiz”, deydi AQSH rahbari.  

Energiya mustaqilligi

Baydenga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar energetikadan mustaqil davlatga aylanishi kerak. Vashington Yevropa Ittifoqi bilan Yevropa davlatlarining Rossiya neft va gazini inkor etish istiqbollarini ham muhokama qilmoqda.

“Ushbu inqiroz uzoq muddatda iqtisodiyotimizni himoya qilish uchun energiyadan mustaqil bo‘lishimiz kerakligini aniq eslatib turibdi. Oxirgi oylarda men yevropalik do‘stlarimiz bilan ular Rossiya neftidan qanday qutulishi kerakligi haqida bir necha bor suhbatlar o‘tkazdim. Buni shunchaki davom ettirib bo‘lmaydi", deydi Bayden.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

805

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing