Bu kunlar uchun 3 yil davomida mehnat qildik – Sadriddin Hasanov
Sport
−
18 aprel 3709 1 daqiqa
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Sadriddin Hasanov Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga (KXDR) qarshi Osiyo kubogi yarim final o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Avvalo, xalqimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Meni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb tanlaganlari uchun tashkilotchilarga rahmat aytaman. Murabbiylarimiz tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajardik va g‘alabaga erishdik. Penaltidan foydalana olmaganimizdan so‘ng, tushkunlikka tushmadik, bir-birimizni qo‘llab-quvvatladik va o‘z maqsadimizga erishdik. Biz bu kunlar uchun 3 yil davomida mehnat qildik. Nasib bo‘lsa, turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytmoqchimiz”, deydi Hasanov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Shimoliy Koreya bilan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr