Yigitlar Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinda xarakter ko‘rsatdi – Ismoilov
Sport
−
18 aprel 7311 1 daqiqa
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Shimoliy Koreya jismoniy jihatdan turnirning eng yaxshi jamoasi ekanini aytdi.
“Birinchi navbatda barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bu biz uchun qiyin o‘yin bo‘ldi. Yigitlar xarakter ko‘rsatdi. Raqibimiz jismoniy tarafdan turnirning eng yaxshi jamoasi. Biz o‘yinda raqibning usulini o‘ziga qaytarib, ya’ni hujumkor o‘yin namoyish etib g‘alaba qozondik. O‘ylagan barcha niyatlarimiz amalga oshdi. Oldinda bir qadam qoldi. Nasib qilsa, chempion bo‘lib O‘zbekistonga qaytamiz”, deydi Ismoilov.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonida davom etayotgan Osiyo kubogi yarim finalida Shimoliy Koreyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi va finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Finaldagi raqib musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni o‘smirlar jamoasi bo‘ladi. Uchrashuv 20 aprel kuni 20:00 da start oladi.
Live
Barchasi