Bugun O‘zbekiston Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi
Sport
−
05 noyabr 11233 1 daqiqa
Bugun, 5 noyabr kuni Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvida maydonga tushadi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ilk turda Paragvayga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
48 ta jamoa ishtirokida bo‘lib o‘tadigan kichik mundialning “J” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon chempionatidagi navbatdagi bahsni 8 noyabrda Irlandiyaga qarshi, guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvi esa 11 noyabr kuni Panama o‘smirlariga qarshi o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda Indoneziyada bo‘lib o‘tgan FIFA U-17 Jahon chempionatida Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqaning chorak finaliga qadar yetib borgan edi. Chorak finalda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Fransiya U-17 jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar bo‘lib o‘tadigan FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etadigan Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi kichik mundial uchun qaydnomani e’lon qilgan edi.