O‘zbekiston U-17 jamoasining JCH uchun tarkibi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
31 Oktabr 6548 1 daqiqa
Qatar joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA U-17 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda ishtirok etadigan Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasining tarkibi aniq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 48 ta jamoa ishtirokida bo‘lib o‘tadigan kichik mundialning “J” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini joriy yilning 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Keyingi bahs 8 noyabrda Irlandiyaga qarshi, guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvi esa 11 noyabr kuni Panama o‘smirlariga qarshi o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 aprel kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi finali uchrashuvida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi saudiyalik tengqurlarini 2:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘lgan edi.