Bu kubokni Senegal xalqi uzoq kutgan – Mane Afrika kubogi haqida
Sport
−
07 yanvar 2022
3836“Liverpul” hujumchisi va Senegal terma jamoasi sardori Sadio Mane faoliyati davomida qo‘lga kiritgan barcha sovrinlarini Afrika Millatlar kubogi g‘olibligi unvoni uchun almashishga tayyor ekanini tan oldi.
“Bolaligimda meni “ballonbuwa” (to‘pli sehrgar), deb atashgan. Biroq men har doim “gaynde” – sher va shafqatsiz ovchi bo‘lganman. Butun faoliyatim davomida ov qildim, lekin o‘ljalarim ko‘p ekaniga qaramay, men hali ham ochman. Senegal xalqi uzoq kutgan kubok uchun hamma sovrinlarimni almashtirgan bo‘lardim. Hozir shuning ayni vaqti”, deydi Mane.
2019 yilgi turnirda Senegal finalga qadar yetib borgan va Riyod Mahrez boshchiligidagi Jazoir termasiga mag‘lub bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Angliya Premer ligasida Mane 20 ta o‘yin o‘tkazgan va 8 ta gol urib va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Afrika Millatlar kubogi joriy yilning 9 yanvaridan 6 fevraliga qadar Kamerunda bo‘lib o‘tadi. Senegal terma jamoasi “V” guruhida Zimbabve, Gvineya va Malavi terma jamoalari bilan pley-off yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.