Bu xotin-qizlar huquqlarining g‘azabnok va shafqatsiz buzilishi – BMT

Jamiyat

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk “Tolibon”ning ayollarni universitetlarda o‘qishini taqiqlash qarorini “Afg‘onistondagi ayollar va qizlar huquqlarining navbatdagi g‘azabnok va shafqatsiz buzilishi” deb atadi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu butun mamlakat uchun afsuslanarli darrajadagi ortga qadam.  

“Ayollar va qizlarni hayotning deyarli barcha jabhalaridan tizimli ravishda chetlab o‘tishning bunday shakli dunyoda kuzatilmagan”, deydi BMT bosh huquq himoyachisi. 

U so‘nggi yillarda mamlakat rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan afg‘onistonlik xotin-qizlarning bugungi kunda o‘qish imkoniyatidan mahrum bo‘layotgani nihoyatda achinarli, deb hisoblaydi. 

Avvalroq, o‘tgan yozdan beri Afg‘onistonni amalda nazorat qilgan “Tolibon” qizlarning o‘rta maktabda o‘qishini taqiqlagan edi. 

“O‘ylab ko‘ring, Afg‘oniston qancha huquqshunos va o‘qituvchilarni boy beradi, qancha odam taraqqiyotga hissa qo‘sha olmaydi”, deydi Turk. 

Uning eslatishicha  ayollar va qizlarning o‘qish huquqidan mahrum qilish orqali Afg‘oniston xalqaro huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzmoqda.  

“Ayollar va qizlarning har qanday darajadagi, hech qanday kamsitishlarsiz ta’lim olish huquqi asosiy va inkor etilmaydigan huquqdir”, deydi Oliy komissar.  

U de-fakto afg‘on hukumatini mamlakat ayollari va qizlari, shuningdek, butun afg‘on jamiyati farovonligi yo‘lida o‘z qarorini zudlik bilan bekor qilishga chaqirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati mamlakat universitetlaridan talaba qizlar uchun darslarni keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatishni talab qildi. Buning ortidan AQSH ma’muriyati o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Afg‘onistondagi oliy o‘quv yurtlarida qizlarning o‘qishi to‘xtatilgani munosabati bilan “Tolibon” harakatiga qarshi chora ko‘rishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing