“Bu xavfli qadam”. KXDR AQSH takliflarini pisand qilmayapti
Olam
−
13 yanvar 2022
10820Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rasmiylari AQSHning diplomatik takliflariga javob bermadi va Koreya yarimorolidagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi raketa sinovlarini qayta boshladi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanlik niyatlari yo‘qligini aniq ta’kidlagan va ularning o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor yoki yo‘qligini kutgan”.
“Afsuski, bu takliflarga nafaqat javob olinmadi, balki so‘nggi haftalarda biz raketa sinovlari qayta boshlanganiga guvoh bo‘ldik, bu o‘ta beqarorlashtiruvchi, xavfli (qadam) va BMT Xavfsizlik Kengashining qator rezolyutsiyalariga ziddir. Bir necha oy oldin biz Shimoliy Koreyani hech qanday shartlarsiz muzokaralar stoliga taklif qilishga tayyor ekanimizni aytgan edik”, degan Amerika diplomatiyasi rahbari.
Ta’kidlanishicha, Vashington nafaqat Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda, balki bunga javob berish uchun ham BMT, ham Janubiy Koreya va Yaponiya kabi asosiy hamkorlar bilan faol ishlamoqda.
“Menimcha, uning bir qismi (raketa sinovi) Shimoliy Koreyaning o‘ziga e’tibor qaratishga urinishidir. O‘tmishda ham shunday bo‘lgan, ehtimol ular shunday qilishda davom etadi”, degan Blinken.
Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 11 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:27da (Toshkent vaqti bilan 03:27) ballistik raketa KXDRning ichki qismidan Yapon dengizi yo‘nalishida uchirilgan. Bu qishki harbiy mashg‘ulotlarning bir qismi sifatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15