Bu futbol adolati – Xavi Messining “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani haqida

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi sobiq jamoadoshi va PSJ hujumchisi Lionel Messi yettinchi marta “Oltin to‘p”ni haqli ravishda qo‘lga kiritganini ta’kidladi.

“Bu futbol adolati. U yettinchi bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritib, tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekanini isbotlay oldi. Gvardiola sovrinni Messiga berish qarori noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin emasligini aytgan edi. Qo‘shilaman, Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi” deydi Xavi.

Shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” ustozi Levandovski ham mukofotni yutishi mumkinligini aytib o‘tdi:

“Albatta, Levandovski “Oltin to‘p”ga loyiqmi yoki yo‘qmi, deyishimiz mumkin. Bunday fikrlar qarama-qarshiligi har yili bo‘lib turadi. Lekin jurnallistlar Messini tanlashdi va bu futbolda adolatining namoyon bo‘lishidir”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 noyabr kuni Lionel Messi faoliyatida 7-marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Levandovski ikkinchi o‘rinni egalladi. Mukofot topshirilganidan so‘ng, Messi Robertning o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganini aytgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi Oltin to'p Xavi France football Leandovski

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing