Bu fashizm, demokratiyaga zid – Ilon Mask AQSHdagi karantinni tanqid qildi
Olam
−
30 aprel 2020
12546SpaceX kompaniyasining bosh menejeri va bosh muhandisi Ilon Mask AQSHda koronavirus pandemiyasi fonida qat’iy cheklovlar o‘rnatilishiga munosabat bildirib o‘tdi. Uning fikricha, mamlakatda amal qilayotgan cheklovlar fuqarolarining huquqlari buzilishidir.
Shuningdek, tadbirkor mamlakat rasmiylarining karantin rejimini buzgani uchun odamlarni hibsga olish niyatini tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, bu demokratik tamoyillarga zid.
“Bu fashizm. Demokratiyaga zid, erkinlikni bo‘g‘ilishidir. Odamlarni la’nati erkinliklariga qaytaring ”, deydi Mask 29 aprel kuni.
Shuningdek, Mask Teslacheklovlar tufayli Kaliforniyada ishlab chiqarishni qayta tiklay olmasligidan shikoyat qildi va pandemik vaziyatni biznes uchun “jiddiy xavf“ deb atadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 1 064 836 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 147 473 nafari sog‘aygan, 61 680 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 855 683 kishini tashkil qilmoqda.