Koronavirusga qarshi kurashda Tramp qanday xatoga yo‘l qo‘ydi?

Olam

image

Vakillar palatasi raisi Nensi Pelosi AQSH Prezidenti Donald Trampni koronavirusga qarshi samarasiz kurashda ayblamoqda. Bu haqda u Twitter’dagi o‘z sahifasida yozib qoldirgan.

Uning eslatishicha, Amerika Prezidentining Xitoy bilan chegarani yopish to‘g‘risida qabul qilgan qarori juda yaxshi edi, ammo baribir u yerdan minglab odamlar kelgan. “Agar siz eshikni yopsangiz, uni to‘liq yoping”, degan Pelosi.

7 aprel kuni Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoy bilan chegarani yopishni maslahat berganini, ammo u bunga rozi bo‘lmaganini ma’lum qilgan edi. Ko‘p o‘tmay, Qo‘shma Shtatlar JSSTni to‘xtatdi.

AQSH va Xitoy o‘rtasidagi chegaralar 2 fevral kuni yopildi. “The New York” gazetasining yozishicha, cheklovlar joriy qilinganidan keyin ikki oy ichida u yerdan baribir 40 mingga yaqin odam kelgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 790 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi holati qayd etilgan. 42,2 ming kishi undan vafot etdi, 52,1 ming kishi davolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing