“Bu deputatga Turkiya parlamentida joy yo‘q”. Erdo‘g‘an “g‘azab oti”ga mindi
Olam
−
26 aprel 2022 33642 2 daqiqa
1915 yilda Usmonli imperiyasida yuz bergan etnik mojaroga genotsid tusini berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Anqaraga taqdim etgan kurdparast partiya deputatiga Turkiya parlamentida joy yo‘q. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ta’kidladi.
“Biz [qonun loyihasini] oliy instansiyada ochiq xiyonat sifatida qabul qilamiz”, degan Erdo‘g‘an.
U “Parlament qonunchiligi va axloq normalarini buzgan” deputatga nisbatan zarur choralar ko‘rilishiga umid bildirgan.
Turkiya tomonidan 1915 yildagi mojaroni genotsid deb tan olish haqidagi qonun loyihasi Turkiya parlamentiga kurdparast Xalqlar demokratiyasi partiyasi vakili Garo Paylan tomonidan taqdim etilgan.
Kecha, 25 aprel kuni Anqara prokuraturasi muxolifatdagi Xalqlar demokratiyasi partiyasi deputati Mustafo Sezginning Twitter’da armanlar genotsidi haqida yozgan posti uchun tergov boshlagan. Tekshiruv Turkiya Jinoyat kodeksining 301-moddasi (“Turk davlatini ommaviy haqorat qilish”) bo‘yicha olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiya 1915 yilda Usmonli davlati davrida yuz bergan mojaroga genotsid tusi berilishini qattiq qoralaydi. 20 dan ortiq davlat bu voqealarni genotsid deb tan olgan.
Qayd etish kerakki, kecha, 25 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden 1915 yil voqealari yuzasidan bayonot bergandi. U o‘z nutqida 1915 yildagi mojaroni genotsid deb atagan.
Shundan so‘ng, Erdo‘g‘an bu bayonotni tarixiy haqiqatga zid ekanini va Anqara uchun hech qanday ma’noga ega emasligini aytgandi.
Live
Barchasi