Bruney shahzodasi 10 kecha-yu 10 kunduz to‘y qildi (fotoreportaj)
Bu qiziq
−
17 yanvar
29240Sulton Hassanal Bolkiahning o‘g‘li, 32 yoshli shahzoda Abdul Matin va uning 29 yoshli rafiqasi Anisha Iso Kalebichning nikoh marosimi 7- 16 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi.
Jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan to‘y Sulton saroyida o‘tkazilib, to‘yxonada 1788 ta xona, 257 ta hammom, 200 ta zotdor otlar uchun iqlimga mos otxona mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shohona to‘yga 25 million dollar sarflangan.
14 yanvar kuni Istana Nurul Imon saroyida o‘tkazilgan nikoh marosimidan so‘ng kelin-kuyov poytaxt Bandar Seri Begavan ko‘chalarida kabrioletda sayr qilishgan.
To‘y marosimida dunyoning ko‘plab taniqli shaxslari ishtirok etgan. Marosimda Butan, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari qirollik a’zolari, shuningdek, turli mamlakatlar rahbarlari tashrif buyurgan.
Ma’lumot uchun, Bruney sultoni Hassanal Bolkiahning o‘g‘li dunyodagi eng boy shahzodalardan biri bo‘lib, uning boyligi qariyb 28 milliard dollarni tashkil etadi. U bir nechta samolyotlar, yuzlab Rolls-Royce, Ferrari rusumli qimmatbaho mashinalar hamda 1700 xonali saroyning egasi hisoblanadi. Shahzoda Matin Sultonning 10-farzandidir.
Anisha Rosna esa Sultonning maxsus maslahatchilaridan biri, Royal Brunei Airlines kompaniyasi asoschisi Pehin Dato Isoning nabirasi. Ommaviy axborot vositalarida aytilishicha, Anisha Rosna “Silk collective” nomli moda brendini boshqaradi hamda “Authentirary”nomli sayyohlik kompaniyasi ta’sischilaridan biridir.
LiveBarchasi