Britni Spirs ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi
Madaniyat-san’at
−
04 aprel 2019 25463 1 daqiqa
Amerikalik taniqli xonanda Britni Spirs ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda okean ortidagi ommaviy axborot vositalari bong urmoqda.
Qayd etilishicha, xonanda bir hafta oldin shifoxonaga yotqizilgan. U shifoxonada 30 qoladi.
Spirs otasining kasalligi tufayli og‘ir tashvishga tushgan. Jeys Spirs ikkita jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgandi. Ikkinchi jarorroh amaliyotidan so‘ng uning salomatligi yanada og‘irlashgan.
Britni Spirs – taniqli pop xonandalardan biri. Dunyo shou-biznesida eng mashhur ayollar ro‘yxatida 12-chi o‘rinni egallaydi.
U 2007 yilda turmush o‘rtog‘i Kevin Federlayn bilan ajrashgan. Shunday keyin spirli ichimliklar va giyohvand moddalar iste’mol qilishga ruju qo‘ygan.
Spirs va Federlaynning uch yillik turmushlaridan ikki nafar farzandlari bor.